27 Iyul 2023 yil 351

Surxondaryoda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Joriy yilning  25-26 iyul kunlari Termiz shahridagi 26 son maktabning sport zalida O‘zbekiston Respublikasi IIV   “Dinamo”  jismoniy  tarbiya  va  sport  jamiyati Surxondaryo viloyati  Kengashi  tashabbusi bilan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi  turi bo‘yicha viloyat birinchiligi  musobaqasi o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Surxondaryo viloyati  Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi,  Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi, Surxondaryo viloyati DXX ChQ “Janub” Operativ Qo‘mondonligi,  “Termiz” xalqaro aeraportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha alohida batalonidan saralab olingan sportchilar jamoaviy va shaxsiy birinchilik yo‘nalishlarida bellashishdi.

Shiddatli hujumlarga boy bo‘lgan ushbu musobaqa natijasiga ko‘ra jamoa birinchiligini  chegara qo‘shinlari, ikkinchi o‘rin, MG Qo‘riqlash boshqarmasi, uchinchi o‘rin DXX boshqarmasi sportchilari egallashdi.

Ayollar o‘rtasida jamoa birinchiligi viloyat IIB jamoasi,  ikkinchi o‘rinni MG boshqarmasi, uchinchi o‘rinni DXX jamoasi egallashdi.

Shaxsiy birinchilikda erkaklar o‘rtasida birinchi o‘rinni “Termiz” xalqaro aeraportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha alohida bataloni, ikkinchi o‘rinni chegara qo‘shinlari, uchinchi o‘rinni MG Qo‘riqlash boshqarmasi sportchilari egallashdi.

Shaxsiy birinchilikda ayollar o‘rtasida birinchi va ikkinchi o‘rin DXX boshqarmasi,  uchinchi o‘rinni viloyat IIB  sportchilari egallashdi.

Musobaqa yakunida barcha g‘olib sportchilar “Dinamo” Jismoniy-tarbiya va sport jamiyati tomonidan sport diplomlari, medallar va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech