Surxondaryoda huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat qilayotgan ofitser xodimlar o‘rtasida sportning “Mini futbol” turi musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati
Surxondaryo viloyat kengashining rejasiga asosan 2024 yilning 15-23 may kunlari
Termiz shahridagi Surxondaryo viloyat IIBning Sport o‘yingohida “9-may Xotira va qadirlash kuni”ga bag‘ishlab sportning
“Mini futbol” turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarida
xizmat o‘tayotgan ofitser xodimlari o‘rtasida viloyat birinchigi musobaqasi o‘tkazildi.
Tashkil etilgan sport musobaqasi murosasiz bahslarga boy bo‘lib, Surxondaryo
viloyatida xizmat o‘tayotgan Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiyasi boshqarmasi, viloyat Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi, viloyat
Bojxona boshqarmasi, viloyat Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari
“Janub” Okrug qo‘mondonligi, viloyati Milliy
gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi, IIV Transportda
va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Surxondaryo viloyati
Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi, IIV huzuridagi Jazoni ijro etish
departamenti To‘rtinchi mintaqaviy hudud 9-son tergov hibsxonasi, ofitser xodimlaridan
iborat 12 ta terma jamoadan tarkib topgan 8 nafardan jami 96
nafar sportchilar ishtirok etishdi.
Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa
natijalariga ko‘ra 1 o‘rinni Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi terma jamoasi, 2 o‘rinni Surxondaryo
viloyati Bojxona boshqarmasi terma jamoasi, 3 o‘rinni Surxondaryo viloyati
DXX ChQ “Janub” OQ terma jamoasi sportchilari qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport
jamiyati Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaxo esdalik
sovg‘alari viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shadiev tomonidan tantanali ravishda
topshirildi.
Shu o‘rinda aytish joizki
“Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin
kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jang”, “Triatlon”, “Futbol”, “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat
aykido” to‘garaklarida hozirgi kunda jami 515 nafar o‘smirlar muntazam shug‘ullanishib respublika va xalqaro
musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallab kelishmoqda.