Surxondaryoda huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida sportning “mini-futbol” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyat Kengashining kalendar rejasiga asosan 2025 yilning 20-26 sentabr kunlari Termiz shahridagi Alpomish o‘yingohida sportning “mini-futbol” turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan xodimlar o‘rtasida viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada Surxondaryo viloyatida
xizmat o‘tayotgan Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizligi
xizmati, Bojxona, IIB Qo‘riqlash, Favqulodda vaziyatlar, Transportda xavfsizlikni
ta’minlash boshqarmalari, DXX Chegara qo‘shinlari opreativ qo‘mondonligi va 9-son
Tergov xibsxonasi xodimlaridan iborat
jami 11ta ta terma jamoadan jami 88 nafar sportchilar ishtirok etishdi.
Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa
murosasiz bahslarga boy bo‘lib, natijalarga ko‘ra 1 o‘rinni Surxondaryo
viloyati IIB terma jamoasi, 2 o‘rinni viloyat bojxona boshqarmasi terma jamoasi,
3 o‘rinni DXX Chegara qo‘shinlari operativ qo‘mondonligi terma jamoalari qo‘lga
kiritishdi.
G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” JTSJ Surxondaryo viloyati
Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib,
sovg‘alar viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar
bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Zavkiddin Xujanov tomonidan tantanali
ravishda topshirildi.
Shu o‘rinda aytish joizki “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jang”, “Triatlon”, “Futbol”, “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat aykido” “Voleybol” to‘garaklarida hozirgi kunda jami 427 nafar o‘smirlar muntazam shug‘ullanishib respublika va xalqaro musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallashmoqda.