8 May 2025 yil 879

Surxondaryoda Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyat Kengashining kalendar rejasiga asosan 2025 yilning 30 aprel kunidan 7 may kuniga qadar Termiz shahridagi viloyat Davlat xafvsizligi boshqarmasi sport  majmuasida sportning “Futbol” turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan xodimlar o‘rtasida viloyat birinchiligi  musobaqasi o‘tkazildi.

Sport musobaqasi murosasiz baxslarga boy bo‘lib, Surxondaryo viloyatida  xizmat o‘tayotgan Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasi,  Ichki ishlar boshqarmasi,  Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi, viloyat IIB Qo‘riqlash boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi, DXX Chegara qo‘shinlari opreativ qo‘mondonligi va 9-son Tergov xibsxonasi  xodimlaridan iborat jami 9 ta ta terma jamoadan  jami 144 nafar sportchilar qatnashdi.

Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa natijalariga ko‘ra 1 o‘rinni  Surxondaryo viloyati IIB  terma jamoasi,   2 o‘rinni   Surxondaryo viloyati DXXB   terma jamoasi,   3 o‘rinni DXX Chegara qo‘shinlari operativ qo‘mondonligi terma jamoalari xodimlari qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shu o‘rinda aytish joizki “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jang”, “Triatlon”, “Futbol”, “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat aykido” “Voleybol” to‘garaklarida hozirgi kunda jami 467 nafar o‘smirlar  muntazam shug‘ullanishib respublika va xalqaro musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallashmoqda.

Text to speech