6 May 2024 yil 487

Surxondaryoda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Joriy yilning 03 may kuni Surxondaryo viloyat prokuraturasi, Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tergovchi va surishtiruvchilari ishtirokidagi hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida pora olish jinoyatining salbiy oqibatlari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish amaliyoti hamda mazkur sohada tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishning o‘ziga xos-xususiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda MJtKga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, kiberxavfsizlik jinoyatlarining o‘ziga xos xususiyatlari shuningdek, Sud portret, ekologiya hamda eksgumatsiya ekspertizalarining predmeti, ob’ektlari, vazifalari va imkoniyatlarini o‘rganish mavzularida bo‘lib, unda Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari barcha xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv mashg‘uloti davomida xodimlarga pora olish jinoyatlari bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tezkor-qidiruv tadbirlari hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari ketma-ketligi bo‘yicha sahnalashtirilgan dars o‘tildi. 

O‘quv mashg‘ulotida tergovchi va surishtiruvchilar malakali mutaxassislardan kerakli bilimlarni egallashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Text to speech