15 Oktyabr 2025 yil
77
Surxondaryoda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi tizimli ishlar davom etmoqda…
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan Tibbiyot universiteti profilaktika inspektori katta leytenant Muslimbek Arifovich hamda Qalqon guruhi yoshlari tomonidan Termiz shahar Bogʻishamol MFY Movaro uylari xududida tungi vaqta bemaqsad yurgan talabalar bilan profilaktik suhbat olib borildi. Huquqbuzarlikka qoʻshilib qolmaslik va uning oldini olish yuzasidan profilaktik tushuntirishlar berildi.