17 Iyun 2022 yil 298

Surxondaryoda o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” doirasida ichki ishlar organlari xodimlarining muammolari o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIVning Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik muvafaqqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi Farmoyishining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi ichki ishlar organlarida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bosh inspektorlari tomonidan surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodim va xodimalarning xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shuningdek xodimlarning individual-psixologik hususiyatlarini o‘rganish maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Hususan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish, ularning salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazildi.
Shuningdek, “Intizom oyligi" doirasida Surxondare viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xotin-qizlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha yo‘l xaritasida belgilangan ayol xodimalar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, ularning xizmat jarayonlari va yashash sharoiti o‘rganildi. Xodimalarning yashash joylarida qo‘ni-qo‘shnilari bilan ham yaqindan suhbatlar o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech