Surxondaryoda "Turmush" profilaktik tadbiri doirasida o‘quv seminari tashkil etildi.
Turon zamini bo‘lmish O‘zbekistonda oila-muqaddas
dargoh sanalib, er va xotin o‘rtasidagi nikoh esa buzilmas rishta sifatida qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
XIV bobi ham oilaga bag‘ishlangan bo‘lib, 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy
bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muxofazasida bo‘lish huquqiga ega” deb ta’kidlangan.
Xalqimizda yangi oila vujudga kelishi
bilan turmushda duch keladigan muammo va tashvishlarning yechimini yangi ro‘zg‘or
egalariga tashlab qo‘yishmaydi.
Yangi oilaga ota – onalari, yaqin qarindoshlari,
qolaversa mahalla kuy, mamlakatimizda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan xotin-qizlar ko‘mitalari,
“Oila” ilmiy-amaliy markazlari, Ichki ishlar boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilot-idoralar
ham e’tibor qaratib og‘irini yengil qilishga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda
bizning davlatimizda oila
masalasiga davlat siyosati darajasida qaralib kelinadi.
Mahallalarda tashkil etilgan “yettilik” faollari tomonidan hududda huquqbuzarlik
sodir etish va undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan oila a’zolariga qo‘llaniladigan
ijtimoiy profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, mahalla faollari bilan birgalikda
ular bilan yakka tartibdagi profilaktik tushuntirish ishlarni amalga oshirish, hududda
milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni targ‘ib qilish, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy
muhitning barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlarida uzviy hamkorlik yanada kuchaytirildi.
Respublikaning barcha mahallalarini jinoyatdan holi hududga aylantirish
maqsadida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi o‘rtasida tasdiqlangan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolanib,
unga ko‘ra joriy yilning 5 iyul kunidan 5 avgust kuniga qadar keng qamrovli
"Turmush" profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.
Buning birgina misoli sifatida viloyatimizning At-Termiziy ilmiy tadqiqot
markazida barcha shahar-tuman xokimi o‘rinbosarlari, viloyat Ijtimoiy himoya agentligi
huzuridagi ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish markazi mutaxassislari,
106 nafar otinoyilar ishtirokida Xotin-qizlar o‘rtasida va oila turmush doirasida
sodir etilayotgan jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan o‘quv seminar
tashkil etildi.
O‘quv seminarda ilmiy tadqiqot markazi o‘qituvchilari, Ichki ishlar boshqarmasi
hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi xodimalari bir qator dolzarb mavzularda o‘zlarining
tanqidiy fikr-mulohazalarini ilgari surishdi.
Shuningdek, oilalarda o‘zaro nizolashish oqibatida ayollar tomonidan sodir
etilayotgan jinoyatlar va ularni qanday bartaraf etish masalalari yuzasidan Surxondaryo
viloyati IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi
boshlig‘i o‘rinbosari O‘.Eshimova tomonidan so‘z yuritilib, viloyat hududida xotin-
qizlar va oila-turmush doirasida sodir etilgan jinoyatlar tahliliga to‘xtalib o‘tdi.
O‘quv seminarida so‘z olgan din vakillari, islom dinida ayol va erkakning
burch va vazifalari, farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hamda
islomdagi oila bilan bog‘liq asosiy tamoyillar haqida savol-javob tariqasida bo‘lib
o‘tdi.
O‘quv seminarda, ishtirokchilar viloyat hududida o‘tkazilayotgan
keng qamrovli “Turmush” profilaktik tadbirida faol ishtirok etishlari, shu bilan
birga viloyat hududidagi barcha oilalarga
kirib, ularning muammolarini o‘rganishda, aniqlangan muammolarni ijobiy bartaraf
qilishda hamkorlikka chorladi. Ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga
mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.