25 Avgust 2025 yil 457

Surxondaryoda turizm namoyishi ob’ektlari ishchi-xizmatchilari bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 5 avgust kunidan 5 sentabr kuniga qadar mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari doirasida, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan turizm namoyishi ob’ektlarida xizmat olib boruvchi ishchi-xizmatchilar va tashrif buyuruvchi sayyohlar o‘rtasida profilaktik davra suhbati o‘tkazilib, sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish borasida profilaktik  tushuntirish ishlari olib borildi.

Davra suhbati davomida, mahalliy sayyohlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Text to speech