6 Sentyabr 2024 yil
325
Surxondaryoda turizm namoyishi ob’ektlarida yo‘l harakati qoidalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati
hududidagi turizm namoyishi ob’ektlarida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi
kirakash va yo‘nalishli taksi haydovchilari o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga
bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Shuningdek, viloyat hududiga
tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga hushmuomalalik bilan xizmat ko‘rsatishlari
va ularni manziliga yetkazishda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlari yuzasidan
tarqatma bukletlar tarqatilib, turistlar bilan bog‘liq biror-bir ko‘ngilsiz hodisalar
sodir etilgan taqdirda zudlik bilan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi
xodimlariga ma’lum qilishlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berib o‘tildi.