Surxondaryoda turizm namoyishi ob’ektlariga olib boruvchi avtomobil yo‘llarining xavfsizlik darajasi ko‘rikdan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 13 avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5781 son farmoni asosida tayyorlangan “Yo‘l xaritasi”
talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo
viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi hamda viloyat Avtomobil yo‘llari
bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari hamkorligida, viloyat hududida joylashgan turizm
namoyishi ob’ektlariga olib boruvchi avtomobil yo‘lining xavfsizlik darajasi ko‘rikdan
o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida “Al Hakim at-Termiziy” majmuasi, “Fayoztepa”
va “Qoratepa” buddaviylik markazlariga olib boruvchi xalqaro, davlat, mahalliy ahamiyatga
ega bo‘lgan va ichki avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan yo‘l belgilarini yangi zamonaviy
intensiv nur qaytaruvchi yo‘l belgilariga almashtirish, yo‘l belgilarini ko‘rinishini
cheklayotgan daraxt shohlarini butalash, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini yaxshilash
va obodonlashtirish, avtoturargohlarni ta’mirlash, nur qaytaruvchi razmetka chiziqlarini
chizish, piyodalar yo‘lakchasini tashkil etish, yo‘llarga yoritish chiroqlari o‘rnatish
yuzasidan Surxondaryo viloyat Turizm boshqarmasi, Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi,
Ekologiya va Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, “Al Hakim at-Termiziy” yodgorlik
majmuasi, Madaniy meros boshqarmalariga tegishli tartibda taklif va taqdimnomalar
kiritildi.