Surxondaryoda “Toza havo oyligi” doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning
10 aprel kunidan 10 may kuniga qadar "Toza havo oyligi" tadbiri o‘tkazilayotganligi
munosabati bilan viloyat ichki ishlar borshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi
va viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi
hamda Transport boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda, viloyat hududiga kirib
keluvchi muntazam YPX maskanlari, turizm namoyishi ob’ektlariga olib boruvchi avtomobil
yo‘llarida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtotransport vositalari
haydovchilari o‘rtasida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, targ‘ibot
tadbirlari davomida, sayyoh yo‘lovchilarga nisbatan hushmuomalada bo‘lishlik hamda
ular bilan bog‘liq biror-bir holatlar kuzatilgan taqdirda zudlik bilan Xavfsiz turizmni
ta’minlash boshqarmasiga xabar berishliklari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.