Surxondaryoda “Toza havo” oyligining birinchi bosqichi boshlandi
Surxondaryo viloyati
Ekologiya boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda viloyat Sanitariya-epidemiologik
osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamkorligida “Toza havo” oyligi tadbirining
1-bosqichi viloyat hududidagi barcha patrul-post maskanlarida tashkil etilmoqda.
“Toza havo” oyligi
tadbirining 1-2-bosqichlari joriy yilning 10-apreldan 10-mayigacha, 10 avgustdan
10-sentabrgacha bo‘lgan muddatlarda o‘tkaziladi.
Ushbu tadbirlar
viloyatimizning 2 ta YPX maskanida Termiz
shahar “Manguzar” YPX maskani, Boysun tumani “Darband” YPX maskanida va bitta blokpost
Uzun tumani “Bobotog‘” post maskanida hamda
tuman, shahar markaziy ko‘chalarida amalga
oshiriladi.
Tadbir davomida
Atmosfera havosiga belgilangan me’yor darajasidan yuqori tashlamalar chiqarayotgan transport vositalari aniqlanib, ularga nisbatan
Yo‘l harakati xavfsizligi viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy
bayonnoma rasmiylashtirilmoqda.
Bu kabi tadbirlar viloyat bo‘ylab, qizg‘inlik bilan davom etmoqda.