Surxondaryoda o‘tkazilgan “Kasbiy olimpiada” musobaqasining viloyat bosqichida jismoniy, jangovar va kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha eng yaxshi xodimlar aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil
professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga
yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 20 yanvardagi
PQ-10-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “O‘zbekiston
Respublikasi ichki ishlar organlarida professional darajada jismoniy, jangovar va
kasbiy tayyorgarlikka ega xodimlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
hamda “Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilma hamda hududiy bo‘linmalarida “Kasbiy
olimpiada” musobaqasining birinchi va ikkinchi bosqichini tashkil etish va o‘tkazish
to‘g‘risida”gi tegishli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati
ichki ishlar boshqarmasining tarkibiy tuzilma hamda hududiy bo‘linmalarida “Kasbiy
olimpiada” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Ichki ishlar
organlarida yuqori kasbiy va jismoniy tayyorgarlikka ega xodimlarni tayyorlash borasida
amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan
bellashuvda qatnashchilar kuch va mahoratlarini namoyon etishdi.
Sportning ko‘pkurash
bahslarida bellashgan xodimlar kasbiy tayyorgarlik hamda Kasbiy madaniyat va xizmat
intizomi kodeksi bo‘yicha test savollariga javob berishdi.
Qizg‘in kechgan kasbiy olimpiada o‘yinlari yakunida
“Eng yaxshi safdor”, “Eng yaxshi serjant”, “Eng yaxshi kichik ofitser”, “Eng yaxshi
katta ofitser” nominatsiyalari hamda birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan
xodimlar musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga
kiritishdi.