2 Noyabr 2024 yil 493

Surxondaryoda o‘tkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining navbatdagi bosqichi ishtirokchilarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Avval xabar qilganimizdek, Surxondaryo viloyati hududida yashovchi 10 nafar 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil, tarbiyasi og‘ir, bo‘lgan va salbiy hatti-xarakatlar sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan yoshlar (qizlar) o‘rtasida kelgusida o‘tkazilayotgan huquqbuzarliklarni sodir etishlarini yoxud o‘zlari huquqbuzarlik va jinoyat qurboniga aylanishlarini oldini olishga qaratilgan “Kelajak sari” profilaktik tadbiri o‘tkazilib kelinmoqda.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining yettinchi kunida tadbir ishtirokchilarini “Vatanparvarlik” tadbirlari doirasida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boshqarmasiga qarashli “Qorabayr” maktabiga sayohat tashkil etilib u yerda markaz tarbiyalanuvchilariga chavandozlar tomonidan otda yurish mashqlaridan mahorat darslari o‘tkazildi.

Bundan tashqari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya xizmati faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Ushbu maskanda voyaga yetmaganlar xizmat itlarini parvarishlash, buyruqni bajartirish jarayonlari, oziq-ovqatlarining me’yorlari hamda qaysi itlardan xizmat faoliyatida qanday holatlarda foydalanish  jarayonlari ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi leytenant Elnur Abraev tomonidan  markazda mavjud “Yo‘l harakati qoidalari maydonchasi”da yo‘l harakati ishtirokchilarining vazifalari, majburiyatlari, yo‘l belgilariga amal qilish yuzasidan o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

“Kelajak sari” profilaktik tadbiri davom ettirilmoqda.

Text to speech