Surxondaryoda o‘tkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining navbatdagi bosqichlarida san’at va kasb-hunar sir-asrorlari bilan tanishtirildi.
Xabaringiz bor, Surxondaryo viloyati hududida yashovchi 10 nafar 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil, tarbiyasi og‘ir, bo‘lgan va salbiy hatti-xarakatlar sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan yoshlar (qizlar) o‘rtasida kelgusida o‘tkazilayotgan huquqbuzarliklarni sodir etishlarini yoxud o‘zlari huquqbuzarlik va jinoyat qurboniga aylanishlarini oldini olishga qaratilgan “Kelajak sari” profilaktik tadbiri o‘tkazilishi davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi
jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining voyaga
yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan qizlar
o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining to‘rtinchi kunida
tadbir ishtirokchilarini ruhiy tushkunlik holatlaridan olib chiqish, ularda san’atga
bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish maqsadida kunning birinchi yarmida Termiz ixtisoslashtirilgan
san’at maktabiga tashrif uyushtirildi.
U yerda tadbir ishtirokchilariga maktab o‘quvchilari tomonidan
hamda mahoratli ustoz va murabbiylar tomonidan mahorat darslari tashkil etib berildi.
Kunning ikkinchi
yarmida qizlarni kelgusida hayotda o‘z o‘rinlarini topishida hamda bozor iqtisodiyotida
raqobatdosh bo‘lgan kasb-hunarlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bu bilan ularni
oilada va jamiyatda ko‘makdosh bo‘lishi uchun, Surxondaryo viloyati “Hunarmandlar
uyushmasi”ga a’zo bo‘lgan milliy urf-odatlarimiz bilan yo‘g‘rilib
turgan turli-hildagi gilamdo‘zlik, kashtachilik, xona bezaklari, yo‘qolib borayotgan
jandachilik, taqinchoqlar yasash kabi hunarlarning sir-asrorlarilari bilan yaqindan
tanishtirildi.
Surxondaryo viloyatida
nom qozongan usta kulol Jo‘raevlar sulolasining oltinchi avlodi ijod qilayotgan
kulolchilik ustaxonasiga tashrif buyurilib, u yerda kulolchilik sirlaridan mahorat
darsi o‘tkazildi.
Termiz Davlat Universiteti
2-bosqich talabasi kulol Narzullaeva Asaloy tomonidan qizlarga ko‘zalar, kosalar,
turli xildagi meva va sabzavotlar yasalishi o‘rgatildi. Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan
maqsad qizlarni yo‘qolib borayotgan milliy urf-odatlarimiz bilan tanishtirish va
kasb-hunarga o‘rgatishdan iboratdir.
“Kelajak sari” profilaktik tadbiri davom ettirilmoqda.