Surxondaryoda o‘tkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining navbatdagi bosqichida ishtirokchilar o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi.
Xabaringiz bor, Surxondaryo viloyati hududida yashovchi 10 nafar 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil, tarbiyasi og‘ir, bo‘lgan va salbiy hatti-xarakatlar sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan yoshlar (qizlar) o‘rtasida kelgusida o‘tkazilayotgan huquqbuzarliklarni sodir etishlarini yoxud o‘zlari huquqbuzarlik va jinoyat qurboniga aylanishlarini oldini olishga qaratilgan “Kelajak sari” profilaktik tadbiri o‘tkazilishi davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati Ichki
ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining
voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan
qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining oltinchi
kunida tadbir ishtirokchilarida “Vatanparvarlik” ruhini oshirish hamda Surxondaryo
viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida,
Surxondaryo viloyati FVBga tashrifi tashkil etildi. U yerda yoshlarga maxsus texnika vositalari ko‘rgazmasi tashkil etilib, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari
tomonidan favqulotda vaziyatlarda, tabiiy ofatlarda va texnogen avariya, yong‘inga
qarshi vaziyatlarida harakatlanish yuzasidan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarida markaz tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishib,
o‘zlarining kuch va mahoratlarini sinab ko‘rishdi.
Bu kabi tadbirlarning tashkil etilganligi kelgusida yoshlarda harbiylik
kasbiga, qutqaruvchilik, o‘t o‘chiruvchilik kasblariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan
iboratdir.
Kun davomida reja asosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda,
Angor tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Qandolatchilik” sirlaridan amaliy
mashg‘ulot tashkillashtirilib, bu jarayonda qizlar shirinliklar pishirishni o‘rganishdi.
Eslatib o‘tamiz
tadbir yakunida har bir ishtirokchi qizlarga monomarkazda o‘rgangan kasb-hunari
bo‘yicha sertifikatlar taqdim etilishi rejalashtirilgan.
“Kelajak sari” profilaktik tadbiri o‘tkazilishi davom etmoqda.