4 Iyun 2025 yil 685

Surxondaryoda o‘tkazilayotgan “Donorlik aksiyasi”da IIO xodimlari faol ishtirok etmoqda

Mamlakatimiz bo‘ylab “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida o‘tkazilayotgan hayriya donorlik aksiyasi doirasida, ko‘plab yurtdoshlarimiz qatori Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari tizimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar ham sahovatli tashabbusda faol ishtirok etishmoqda.

Joriy yilning 4-iyun kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati hamda viloyat qon quyish markazi hamkorligida tashkil etilgan ushbu aksiya doirasida xodimlar ko‘ngilli tarzda donorlikka hissa qo‘shishdi.

Donorlik jarayoni tibbiy nazorat ostida tashkil etilib, avvalo qon topshirish istagini bildirgan xodimlar chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan holda “Donor”lardan qon olinmoqda.

Ushbu xayrli tashabbus nafaqat bemor bolajonlarga yordam, balki sog‘lom turmush tarziga intilayotgan xodimlarning sog‘ligi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu donorlik aksiyasi 2025 yil 13 iyun kuniga qadar davom etadi, o‘tkazilayotgan donorlik aksiyasida faol ishtirok etishlaringizni tavsiya qilamiz!

Text to speech