31 Oktyabr 2024 yil 325

Surxondaryoda o‘tkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirida davra suhbatlari tashkil etildi.

Avval xabar qilganimizdek, Surxondaryo viloyati hududida yashovchi 10 nafar 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil, tarbiyasi og‘ir, bo‘lgan va salbiy hatti-xarakatlar sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan yoshlar (qizlar) o‘rtasida kelgusida o‘tkazilayotgan huquqbuzarliklarni sodir etishlarini yoxud o‘zlari huquqbuzarlik va jinoyat qurboniga aylanishlarini oldini olishga qaratilgan “Kelajak sari” profilaktik tadbiri o‘tkazilishi davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining beshinchi kunida tadbir ishtirokchilari orasida diniy ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlik oqimi va g‘oyalari ta’siriga tushib qolmasliklarini oldini olish maqsadida,  Imom Termiziy  halqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Umarali O‘ljaev hamda viloyat bosh otinoyisi Hosiyat Qosimovalar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Davra suhbati davomida, “Imom Termiziy” halqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Umarali O‘ljaev tomonidan terrorizm va ekstremizm oqimiga dinni niqob qilib olib, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli xildagi oqim ta’siriga tushib qolgan yoshlar haqida, buning salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritdi, viloyat bosh otinoyisi Hosiyat Qosimova tomonidan qizlar tarbiyasi, shuronalik hissi, oiladagi tarbiya, ayollik baxti, qiz farzad tarbiyasi, hayo va ibo, ona bo‘lish baxti kabi mavzularda tadbir qatnashchilari bilan o‘rtoqlashdi.

Bundan tashqari Ichki ishlar organlarida uzoq yillar davomida, yuqori lavozimlarda ishlab nafaqaga chiqqan ayol faxriylar bilan ham davra suhbatlari tashkil etilib, unda ko‘p yillar ichki ishlar idoralarida samarali mehnat qilib hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan, nafaqadagi podpolkovnik Salomat  Kattaeva tomonidan qizlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash yuzasidan hamda baxt tushunchasi unga erishishda nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida, o‘zining sohada ishlagan davrlaridagi hayotiy  misollar bilan maslahatlarini berishdilar.

Kunning ikkinchi yarmida Termiz shahridagi 1-sonli maktabning psixologi Sitora Saidaxmatova hamda markaz psixologi kapitan Mohida Jo‘raevalar tomonidan qizlar bilan shaxs xususiyatlarini o‘rganib, ijtimoiy psixologik so‘rovnoma o‘tkazilib, temperamentni aniqlash metodikasi o‘tkazildi.

Kun davomida reja asosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarma, Angor tumani  “Ishga marhamat” monomarkaziga sayohat uyushtirilib, u yerdagi sharoitlar bilan tanishtirildi va guruhlarga ajratilib, kasb-hunar o‘rgatish mashg‘ulotlari tashkil etildi. Tadbir yakunida har bir qizlarga monomarkazda o‘rgangan kasb-hunari yuzasidan sertifikatlar taqdim etiladi.

“Kelajak sari” profilaktik tadbiri davom ettirilmoqda.

Text to speech