Surxondaryoda o‘tkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining navbatdagi bosqichlarida ularning muammolari o‘rganilib, markaz faoliyati tanishtirildi
Avval xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyati hududida yashovchi 10 nafar 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil, tarbiyasi og‘ir, bo‘lgan va salbiy hatti-xarakatlar sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan yoshlar (qizlar) o‘rtasida kelgusida o‘tkazilayotgan huquqbuzarliklarni sodir etishlarini yoxud o‘zlari huquqbuzarlik va jinoyat qurboniga aylanishlarini oldini olishga qaratilgan “Kelajak sari” profilaktik tadbiri o‘tkazilishi davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi
jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining voyaga
yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan qizlar
o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining ikkinchi kunida
tadbir ishtirokchilari markaz faoliyati va kun tartibi va voyaga yetmaganlar uchun u yerda yaratilgan
shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Markazga olib kelingan
qizlar guruhlarga ajratilib, ular bilan profilaktik ishlar tashkillashtirilishi
ko‘zdan kechirildi.
Tadbirning
3 kunida Markazga qabul qilingan voyaga yetmagan qizlarlarning ota-onasi yoki ularning
o‘rnini bosuvchi shaxslari, vasiy va homiylari ishtirokida oiladagi
farzand tarbiyasi bilan bog‘liq muammolari yuzasidan murojaatlari
tinglanib, tegishli taribda qayd etilib,
maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, kambag‘allikni qisqartirish
va bandlik, oila va xotin-qizlar boshqarmalari va
boshqa mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish orqali ota-ona va bolalarning muammolarini
hal qilish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
Bundan
tashqari voyaga yetmagan qizlarlarning ota-onasi
yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiy va homiylar bilan yakka tartibda
psixologik xizmat faoliyati ham tashkil etildi.
“Kelajak sari” profilaktik tadbiri davom etmoqda.