14 Avgust 2023 yil 428

Surxondaryoda Tergovchi va surishtiruvchilar bilan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining tegishli ko‘rsatmasiga asosan Surxondaryo viloyat prokuraturasi hamda Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchi va surishtiruvchilari ishtirokida har haftaning shanba kunlari sohada xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilarning bilim, ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan,   joriy yilning 12 avgust kuni Surxondaryo viloyat prokuraturasida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, uning quyi bo‘linmalari tergovchi va surishtiruvchilari hamda prokuraturaning mas’ul xodimlari ishtirokida “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti, sud ballistika hamda Trasologiya ekspertizalari uchun namunalar olish hamda o‘tkazish tartibini o‘rganish” mavzularida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida, ma’ruzachilar tomonidan seminar ishtirokchilariga mavzuga oid nazariy va amaliy tushunchalar berilib, sohada yuzaga kelayotgan muammoli savollar bo‘yicha javoblar berilishi ta’minlandi.

Text to speech