28 Oktyabr 2022 yil 363

Surxondaryoda Tergov organlari xodimlari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Surxondaryo viloyat prokuraturasi majlislar zalida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi  hamda viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan “So‘roq qilish, yuzlashtirish hamda ko‘rsatuvni hodisa joyida tekshirish tergov harakatlarini o‘tkazish tartibi, o‘ziga xos xususiyatlari amaliyotini o‘rganish”, “Tergov harakatlarini o‘tkazishda nutq madaniyatini hamda fuqarolar bilan muomala qilishda axloq-odob normalariga rioya qilishda fuqaro psixologiyasini o‘rganish”, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi talablariga ko‘ra, taftish tayinlash asoslari uni o‘tkazish, shuningdek qurilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha nazorat o‘lchovi o‘tkazish tartibini o‘rganish mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan o‘quv mashg‘ulotida ko‘rsatib o‘tilgan mavzular to‘liq yoritilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi.

Text to speech