14 Iyun 2022 yil
448
Surxondaryoda “Temir intizom va halollik – muvafaqqiyat kaliti” shiori ostida uchrashuvlar tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik – muvafaqqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi Farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan boshqarma Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Patrul- post xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul- post batalonida xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shuningdek xodimlarning individual-psixologik hususiyatlarini o‘rganish maqsadida xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Bunda asosiy e’tibor Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish, ularning salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlarga qaratildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati