25 Oktyabr 2025 yil 124

Surxondaryoda sportning voleybol turi bo‘yicha o‘quvchi o‘g‘il bolalar o‘rtasida “viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 Yurtimizda sportni ommalashtirish, ayniqsa yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib kamol topishini ta’minlash maqsadida, keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-iyuldagi PQ-274-son qarori hamda 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-sonli farmoni ijrosi doirasida, Surxondaryo viloyatida ham bir qator ijobiy loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Shu jumladan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi sport majmuasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol sporti bo‘yicha viloyat bosqich musobaqasi o‘tkazildi. Unda viloyatning barcha tumanlaridan kelgan 5–6-sinf o‘quvchi bolalar o‘zaro bellashishib, o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

 

 Qizg‘in kechgan musobaqa g‘olib va sovrindorlariga,  Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Muratov Akmal Baxodirovich hamda tashkiliy boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Sobir Hakimovlar tomonidan boshqarma boshlig‘ining diplom, medal estalik sovg‘alari hamda pul yutuqlari topshirildi.

 

Hakamlar hayati tomonidan odilona baholab borilgan musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra.

3-o‘rin – Jarqo‘rg‘on  tumani maktab o‘quvchilari  jamoasi,

2-o‘rin – Uzun tumani maktab o‘quvchilari jamoasi egallagan bo‘lsa, faxrli  1-o‘rin – Sho‘rchi tumani maktab o‘quvchilari qo‘lga kiritishdi.

 

Bunday musobaqalar yosh avlodning sportga qiziqishini yanada oshirish bilan birga, ularda iroda, jamoada ishlay olish qobiliyati va vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech