25 Fevral 2024 yil 398

Surxondaryoda sportning voleybol turi bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i “Kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat o‘tayotgan xodimlar va xodimalar o‘rtasida sportning keng targ‘ib qilish va ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish, yoshlarning ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va viloyat IIB boshlig’iningning 2024 yil uchun mo‘ljallangan sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish taqvim rejasiga hamda viloyat IIB boshlig‘ining 2024 yil 20 fevral kunidagi “Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari va xodimalar o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining “Kubogi” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida joriy yilning 23-24-fevral kunlari viloyat IIB Sport majmuasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha viloyat II boshqarmasining hududiy bo‘linmalari o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Sog‘lom raqobat va qiziqarli jarayonlarga boy bo‘lgan musobaqada, viloyat, shahar va tuman bo‘limlaridan tashkil topgan 20 ta jamoa a’zolari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Erkaklar o‘rtasida bo‘lib, o‘tgan musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra,

Uzun tuman IIB xodimlari jamoasi 3-o‘rinni,

Boysun tuman IIB xodimlari jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa,

Viloyat IIB xodimlari jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Xotin-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada “Termiziylar” jamoasi xotin-qizlari 3-o‘rinni, “Yoshlar” jamoasi 2-o‘rinni, hamda Viloyat IIB xodimlari jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlarga Surxondaryo IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich tomonidan boshqarma boshlig‘ining kubok, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Qolaversa musobaqa jarayonlarini odilona boshqarib borgan qator hakamlar ham alohida e’tirof etilib, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech