16 Iyun 2022 yil 371

Surxondaryoda “Sayyohlar xavsizligini ta’minlashda o‘zaro hamkorlik” mavzusida Matbuot anjumani tashkil etildi.

Joriy yilning 15 iyun kuni Termiz shahridagi “Matbuot uyi”da turizm faoliyatiga aloqador tashkilotlar, viloyat turizm va madaniy me’ros boshqarmasi, mehmonxonalar, turistik firmalar, jurnalist va blogerlar ishtirokida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan 2022 yil 5 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlari va kelgusida hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
O‘tkazilgan matbuot anjumanida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 mart kunidagi “Transport va turizm ob’ektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4229-sonli Qaroriga asosan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibida tashkil etilgan, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan joriy yil 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Dastavval Surxondaryo viloyatidagi 101 ta turistik infratuzilma ob’ektlari haqida alohida to‘xtalib, shundan Islom ziyoratgohlari 31 ta, buddizm yodgorliklari 7 ta, arxeologiya va tarixiy me’moriy yodgorliklar 29 ta, tabiat zonalari 15 ta, Eko-gastro turizm zonasi 1 ta, madaniy ko‘ngilochar maskanlar 12 ta va tabobat zonalari 4 ta va boshqa turizm namoyishi ob’ekti 2 tasi faoliyat olib borishlari ta’kidlandi.
Shuningdek viloyat hududidagi turizm namoyishi ob’ektlarida 4 ta “Tourist police” ko‘chma ma’lumotlar markazi ya’ni butkalar o‘rnatilgan, bular Termiz shahridagi San’at saroyi, Arxeologiya muzeyi, Termiz tumanidagi “Al Hakim At-Termiziy” va Sherobod tumanidagi“AbuIsoMuxammadImom At-Termiziy” majmualarida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari ajratilgan bo‘lib, doimiy ravishda xizmat olib borishadi.
2022 yilning 5 oyi mobaynida Surxondaryo viloyatiga jami 73 ta xorijiy mamlakatlardan 4539 nafar chet el fuqarolari hamda 27594 nafar mahalliy turistlar tashrif buyurgan. Tashrif buyurgan turistlarning hisobi esa albatta “Ye-mehmon” elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilganlari nazarda tutilgan.
Shu davr mobaynida mahalliy sayyohlarga nisbatan yoki ular tomonidan jinoiy va ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilamganligi, qolaversa mahalliy turistlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar qayd etilmaganligi alohida ta’kidlandi.
Tashrif ob’ektlarida xizmat olib borayotgan Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga turli masalalarda yordam so‘rab 1017 nafar xorijlik va mahalliy turistlar tomonidan murojaatlar qilingan bo‘lib, ularning barchasiga zaruriy yordamlar ko‘rsatilgan.
Shuningdek, 2022yilning 5 oyi davomida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tezkor bo‘linmasi xodimlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar hususida ham so‘z yuritildi.
“Matbuot anjumani” davomida, jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga masu’llar tomonidan javoblar olishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech