8 Fevral 2025 yil 502

Surxondaryoda Respublika ishchi guruhining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiev rahbarligidagi Respublika ishchi guruhining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Boysun va Sherobod tumanlari aholisi uchun Boysun tumanida o‘tkazildi.

Sayyor qabulda Oliy sud, Bosh prokuratura, Xalq qabulxonasi, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, "Hududiy elektr tarmoqlari", "O‘zsuvta’minoti" AJ, shuningdek, hududiy sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Mutasaddilar fuqarolarning murojaatlarining tegishliligi bo‘yicha qabul qilib, har bir ko‘tarilgan masalani mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqishdi. Qator masalalar qabul davomida ijobiy hal etib berilgan bo‘lsa, ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar mas’ullarga yo‘naltirildi.

Text to speech