15 Aprel 2022 yil
650
Surxondaryoda, pul evaziga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Termiz tumanida yashovchi fuqaro B.Bahodir (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2022 yil 11 aprel kuni viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida, 2022 yilning aprel oyi boshlarida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan S.Dilshod ismli fuqaro unga Termiz shahrida joylashgan Chegara qo‘shinlarida yuqori lovozimda ishlovchi tanishlari borligini va ular orqali ishga joylashtirib qo‘yishini “ishga joylashtirish harajatlari 2.000 (ikki ming) AQSH dollari bo‘ladi”- deb aytganligi, ushbu pullarni bergan taqdirda 44 kun o‘tgandan so‘ng viloyatlarni birida joylashgan Chegara qo‘shinlari harbiy qismlariga ishga buyrug‘ini chiqishini aytadi. Shundan so‘ng fuqaro B.Bahodir, S.Dilshod va uning Chegara qo‘shinlarida yuqori lovozimda ishlovchi tanishlarining harakatlari noqonuniy ekanligini bilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini so‘rab murojaat qiladi.
Mazkur arizaga asosan, 2022 yil 11 aprel kuni soat 18-00 larda Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro S.Dilshod Termiz shahar “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasi hududida ariza muallifi B.Bahodirdan talab qilgan 2000 (ikki ming) AQSH dollari miqdoridagi pullardan 900 (to‘qqiz yuz) AQSH dollari hamda 1.100.000 (bir million yuz ming) so‘m kimyoviy ishlov berilgan pullarni sanab olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan, 2022 yil 12 aprle kuni Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro S.Dilshodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi, 28.211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati