Surxondaryoda profilaktika inspektorlari tomonidan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.
Joriy yilning 1 iyul kunidan 1 avgust kuniga qadar Respublika
miqyosida o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida Surxondaryo
viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi profilaktika inspektorlari tomonidan tadbir davomida amalga
oshirilayotgan ishlar va xato va kamchiliklar Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i A.Xudoyberdiev, Vazirlik Tezkor-qidiruv Departamenti Kiber xavfsizlik
markazi hamda viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati Kiber xavfsizlik bo‘limi mas’ul
xodimlari ishtirokida video selektor tariqasida muhokama etildi.
Muhokamada, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar
profilaktikasi bo‘lim, bo‘linma profilaktika inspektori tomonidan Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi”
doirasida viloyatdagi jami 724 ta mahallalardagi davlat
tashkilotlari, korxona va muassasalaridagi ishchi xodimlar bilan uchrashib Internet
va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini oshirishda elektron to‘lov vositalaridan
xavfsiz foydalanish usullari, shaxsga doir ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish
va ulardan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik uslublari, boshqalarning shaxsga
doir ma’lumotlarini noqonuniy to‘plash va undan foydalanib, tovlamachilik, kiberzo‘ravonlik
kabi qilmishlar sodir etishning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot
tadbirlari olib borilmoqda.
Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi”
doirasida viloyatning Sho‘rchi, Oltinsoy, Denov, Sherabod, Bandixon, Uzun tumani
IIBning mas’ul xodimlari mazkur oylik doirasida ishlarni to‘g‘ri tashkil etmagani
bo‘yicha qattiq ogohlantirildi.
Shuningdek, tadbir yakunida
eng faol ishtirok etgan profilaktika inspektorlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish
takliflari kiritilgani yuzasidan ma’lum qilindi.