13 May 2022 yil 397

Surxondaryoda, probatsiya nazoratidagi shaxslarning muammolari o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevraldagi “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida qator vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, unda, shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari, hududiy Bandlik va mehnat munosabatlari, Sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, mahalla va nuroniy faollar xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Yoshlar agentligi vakillari bilan hamkorlikda probatsiya nazorati ostidagi shaxslarning sohalarga oid muammolarni aniqlab, bartaraf etish choralar ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanganidek, boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shahar-tumanlardagi probatsiya nazorati ostidagi shaxslarning muammolarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan “Ishchi guruh” tuzilib ular boshchiligida “Sayyor qabul”lar tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi binosida tashkil etilib, unda Termiz shahar hamda Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlarida nazorat ostida turuvchi 36 nafar shaxslar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida 21 ta nazorat ostidagi shaxslarning muammolari aniqlandi. Ulardan 5 nafarining muammolari joyida bartaraf etildi. 13 nafarining muammolarini qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan hamkor tashkilotlar ishtirokida aniq vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. 3 nafariga huquqiy tushunchalar berildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevraldagi “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat miqyosida Probatsiya guruhi hisobida turuvchi 3 897 nafar shaxslar uchun shahar-tuman Bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda 29 marotaba “Ishga marhamat” tadbirlari tashkil etilib, 112 nafar shaxsning bandligi ta’minlandi.
Qolaversa, nazorat ostidagi shaxslarning qayta jinoyat sodir etish xavfini aniqlash va bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda muayyan kasbga ega bo‘lmagan 61 nafar shaxslardan 9 nafari qayta kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘qishga joylatirilib, 51 nafari esa qayta kasbga o‘qitildi.
Nazorat ostidagi shaxslarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, viloyatning Sherobod hamda Jarqo‘rg‘on tumanlarida 3-sektor va hududiy madaniyat va sport bo‘linmalari bilan hamkorlikda “IIB boshlig‘i kubogi” sport musobaqalari tashkil etilib, tadbirlarda jami 115 nafar nazorat ostidagi shaxslarning ishtiroki ta’minlandi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan. Muhimi esa bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech