2 Oktyabr 2025 yil 24

Surxondaryoda probatsiya nazorati ostida turgan shaxslar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli farmoyishlariga muvofiq, joriy yilning 2-oktabr kuni probatsiya nazoratida turuvchi shaxslar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Nazorat ostida turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashuvini ta’minlash, sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish orqali ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida, tashkil etilgan ushbu musobaqa do‘stona shukuhda bo‘lib o‘tdi.

Hakamlar tomonidan odilona baholab borilgan hamda murosasiz baxslar bilan davom etgan musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra,

3-o‘rinni Muzrabot tumani jamoasi, 2-o‘rinni Denov tumani jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni Uzun tumani jamoasi qo‘lga kiritdi.

Sport insonda ham jismoniy, ham chinakam insoniy fazilatlar to‘g‘ri shakllanib borishida, ularda o‘zgacha vatanparvarlik, yurtga va millatga sadoqat tuyg‘usi shakllanishida xizmat qiladi.

Text to speech