11 Fevral 2025 yil 273

Surxondaryoda Probatsiya nazoratidagi shaxslarning bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublika IIV ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar olib borish jarayonida Angor tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazida probatsiya nazoratidagi shaxslarni mehnat bozorida ehtiyoj mavjud bo‘lgan kasblarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash orqali ular tomonidan qayta jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida ularning imkoniyatlaridan kelib chiqib, payvandchilik, avtomobillarga texnik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarga tikuvchilik, qandolatchilik kabi o‘ndan ortiq kasb-hunar yo‘nalishlarda o‘qish tavsiya qilinib, hozirda 20 nafar kasb-hunarga o‘qitilayotganlar orasida 14 nafari payvandchilik, 4 nafari santexnik va chilangarlik ustasi hamda 2 nafari tikuvchilik yo‘nalishlarida tahsil olishmoqda.

Shuningdek, Monomarkazga tashrif buyurgan nazorat ostidagi shaxslarga kasb-hunar o‘rganishning ijobiy tomonlari hamda Prizentimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan oqilana foydalanishlari tavsiya etildi.

O‘rganishlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan  “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi subsidiya ajratilgan Termiz shahar “Nurli kelajak” mahallasida yashovchi fuqaro ushbu berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda o‘zining kichik mebel sexini tashkil etib, 2 nafar ishsiz fuqaroni ish bilan bandligini ta’minlaganligi o‘rganilib, ushbu fuqaroga kelgusida o‘z tadbirkorligini yanada kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi nazoratida turib ahloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan nazoratdagi shaxslarni Termiz shahrida joylashgan “BIO TEXNO EKO” va “MAGNATE COLORS PRODUCT” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida yuqori oylik maoshlarida ishlayotganlarning ish joylari o‘rganildi. Shu yerning o‘zida ularning muammolarini o‘rganish maqsadida “Sayyor qabul” tashkil etilib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, oylik ish haqlari o‘z vaqtida o‘tkazilishi, o‘rnatilgan ichki tartib qoidalarga rioya etilishi yuzasidan profilaklik tushuntirishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida Probatsiya guruhi nazoratidagi shasxlarni har tomonlama ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, huquqiy ongi va vatanparvarlik hissini yanada oshirish maqsadida korxona mas’ullari tomonidan badiiy kitoblar va esdalik sovg‘alari ulashildi.

Text to speech