Surxondaryoda Probatsiya guruhi xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti
Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 1 iyun kuni
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i
podpolkonik Sh.Musurmonov hamda Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish
va bandlik bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Baxrom Namozovlar ishtirokida Surxondaryo
viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali
“Probatsiya hisobidagi “Majburiy jamoat ishlari” va “Haq to‘lanadigan majburiy jamoat
ishlari” jazosiga hukm qilingan shaxslarni
ishga joylashtirish tartibi hamda hududiy kambag‘allikni qisqartirish va bandlik
bo‘limlari bilan hamkorlik mexanizmi” mavzusida onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti
bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi “Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning
ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi nizomni hamda majburiy jamoat ishlari turlarining
ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VMQ-346-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining
2023 yil 11 apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuniga asosan
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksga kiritilgan haq to‘lanadigan jamoat
ishlariga majburiy ravishda jalb etish, ishga joylashtirish tartibi yuzasidan bandlik
bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish mexanizmlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Shuningdek, o‘quv-seminar
ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar
olishdi.