24 Fevral 2024 yil 342

Surxondaryoda Probatsiya bo‘limi xodimlari uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi

Bugun Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi binosida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Musurmonov hamda viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori E.Musurmonovlar tomonidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi va uning quyi  tizimlari xodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotida jazoni ochiqda o‘tashi belgilangan shaxslar uchun belgilangan cheklov va majburiyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, IIO Probatsiya xizmati xodimlari hamda mutassadi idoralar va sohaviy xizmat xodimlari  bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim  bo‘lgan nazorat tadbirlariga to‘xtalib o‘tildi.

O‘z navbatida jazoni ochiqda o‘tayotgan mahkumlar tomonidan sodir etilgan qonun buzarliklar tafsilotlari bayon etilib, ushbu huquqbuzarlik va jinoyatlarning sabab va omillariga e’tibor qaratildi. O‘quv mashg‘ulotida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish nazorat ostidagi shaxslar ustidan nazoratni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, tizimda ilg‘or axborot aloqa vositalaridan samarali foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, Probatsiya xizmati nazorati ostidagi shaxslarga oid ish xujjatlarini yuritish  ularning psixologik portret larini tayyorlash jinoyatga moyil mahkumlar bilan profilaktik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, o‘quv jarayoni davomida mamlakatimiz rahbarining 2022 yil 29 iyundagi Ozodlikdan mahrum etish jazolarini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuvini ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi 299-son qarori ijrosiko‘rib chiqildi.

Text to speech