Surxondaryoda probatsiya bo‘limi xodimlariga sertifikatlar topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.T.Abdullaev tomonidan 2024 yil
3 yanvar kuni tasdiqlangan Farmoyishga asosan vazirlik Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish
boshqarmasi, maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi katta inspektor-o‘qituvchisi podpolkovnik
J.N.Raxmonov tomonidan 2024 yil 18-19 yanvar kunlari Surxondaryo viloyati IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi hamda uning barcha hududiy bo‘linmalari
xodimlari uchun sayyor o‘quv mashg‘uloti tashkil qilingan edi.
Tashkil etilgan nazariy
va amaliy mashg‘ulotlarda xodimlarning fuqarolar bilan muomala madaniyatidan tortib,
ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin ko‘ngilsiz hodisalar, inson hayoti uchun xavfli
bo‘lgan holatlarning oldini olish, maxsus vositalarni ishlatish, ayniqsa elektroshokerlardan
foydalanish tartiblari to‘liq tushuntirildi. Shuningdek, maxsus vositalar qo‘llanilgan
shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, rezina tayoq, masofadan turib boshqariluvchi elektroshok
qurilmalarning taktik va texnik xususiyatlari bo‘yicha ham batafsil ma’lumotlar
berildi. O‘quv yakunida tinglovchilardan yakuniy sinovlar qabul qilindi.
Kuni kecha o‘quv markazidan berilgan sertifikatlar Surxondaryo
viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik
Sh.N.Musurmanov tomonidan o‘quv yig‘inida ishtirok etgan xodimlarga tantanali ravishda
topshirildi.