Surxondaryoda Probatsiya bo‘limi xodimlari bilan “Master Klass” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining topshirig‘iga asosan joriy yil 5-maydagi tegishli farmoyishi asosida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik F.Axmedov, IIV Probatsiya boshqarmasi jazoni ijro etish bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektor podpolkovnik A.Kenjaeva, IIV Probatsiya boshqarmasi jazoni ijro etish bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori katta leytenant M.Maxmudovlar 2025 yil 19 may kuni Surxandaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi binosida tashkil etilgan sayyor o‘quv seminar mashg‘ulotlarida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi va uning hududiy guruhlarining 32 nafar xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati, probatsiya hisobidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish borasida amaliy ko‘maklashuvchi sub’ektlar hamda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari bilan o‘zaro hamkorligi, jazo turlari, nazorat qilish va ish yuritish mexanizmlari probatsiya hisobiga olingan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha
“E-probatsiya”, “KRI” hamda “Psixologik portret” elektron bazalari bilan ishlash yuzasidan
“Master Klass” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quv seminari, mag‘ulotlar jarayonida xodimlarni qiziqtirgan savollarga mazmunli javoblar berilib, bazalar bilan ishlash tartiblari tushuntirildi.