Surxondaryoda pora evaziga noqonuniy viza rasmiylashtirishni maqsad qilgan chet el fuqarosi pora berayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
2023 yil 21 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya
va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mas’ul xodimining xizmat xonasiga Surxondaryo
viloyati Termiz shahrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Afg‘oniston
Islom Respublikasi fuqarosi D.Sabir (ism shariflar o‘zgartirilgan) kelib, hozirgi
kunda Termiz shahrida yashab kelayotgan voyaga yetmagan, 2005 yilda tug‘ilgan farzandi
D.Amanni 5-6 oy davomida vizasiz O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turishi
yoki unga noqonuniy ravishda viza rasmiylashtirib berishi uchun 800 AQSh dollari
miqdorida pora taklif qiladi.
Mas’ul xodim tomonidan esa D.Sabirga pora olish va berish
jinoyatlari to‘g‘risida takror va takror huquqiy tushuncha berilishigaqaramasdan
unga pora taklif qilishda davom etadi.
Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish
boshqarmasi mas’ul xodimining O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i nomiga yozgan bildirgisiga
asosan 2023 yil 23 dekabr kuni O‘zbekiston
Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha
boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati Surxonlaryo viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy
jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan
tezkor tadbirda, Afg‘oniston Respublikasi
fuqarosi D.Sabir 800 AQSh
dollari miqdoridagi pulllarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi
tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati