Surxondaryoda patrul-post xizmati xodimlari uchun sayyor o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-iyuldagi 399-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 23-sentabr kunidagi 216-son farmoyishiga asosan ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari uchun “E-patrul” tizimi, planshet va “bodikamera”lardan foydalanish tartibi yuzasidan kasbiy bilim va ko‘nimalarini oshirish bo‘yicha sayyor o‘quv-seminarlari tashkil etish ko‘rsatilgan.
Shu munosabat bilan, vazirlik Jamoat xavfsizligi departamenti hamda IIV Malaka oshirish instituti mas’ul xodimlari tomonidan joriy yilning 4-5-noyabr kunlari viloyat ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmatida xizmat qilayotgan patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari bilan “E-patrul” tizimi, planshet va “bodikamera”lardan foydalanish tartibi bo‘yicha, Denov tumani, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmalari hamda IIV Surxondaryo akademik litseyida sayyor o‘quv-seminari tashkil etildi.
Ushbu sayyor o‘quv-seminarni tashkil etishdan maqsad, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarning shaxsini elektron texnik vositalar, shu jumladan planshet orqali aniqlash, xodimlarning fuqarolar bilan o‘zaro muloqotini qayd etib borish tartibi, “E-patrul” tizimidan foydalanish tartibi hamda patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlarining mazkur tizimdan foydalanish jarayonidagi majburiyatlari, patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari harakatlarini qayd etuvchi texnik vositalardan foydalanish, “bodikamera” orqali qayd etilgan ma’lumotlarni hisobga olish va saqlash tartibi bo‘yicha joylardagi ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nimalarini oshirishdir.
Mazkur o‘quv kurslariga jalb qilingan xodimlardan tasdiqlangan mashg‘ulotlar dasturiga muvofiq berilgan har bir mavzuni to‘liq o‘zlashtirib umumlashgan yakuniy nazorat imtixonlari qabul qilinib, muvaffaqiyatli tamomlaganlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.