16 Oktyabr 2025 yil
85
Surxondaryoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida o‘rganishlar olib borilmoqda
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi, Viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari hamkorligida viloyat hududida faoliyat olib borayotgan dehqon bozorlarida sotilayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarining sifati va iste’molga yaroqliligi o‘rganildi.
Tadbir davomida mahsulotlarning sanitariya talablariga muvofiqligi, saqlash va realizatsiya qilish shartlari, qolaversa, iste’molchilarga xavfsiz mahsulot yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlar qat’iy nazoratga olindi.