19 May 2024 yil 618

Surxondaryoda otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024 yil 9 may kunidagi hamda Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2024 yil 16 may kunidagi tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi binosida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ushbu  o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida otaliqqa olingan yoshlar o‘zlarining bilimlari va zukkoligi bilan  faol ishtirok etishib natijasiga ko‘ra

1-o‘rinni Renessans jamoasi,

2– o‘rinni Avangard jamoasi

3-o‘rinni Realist jamoasi egalladi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar, diplom va kitoblar to‘plami tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech