“Surxondaryoda hokim qabuliga kelgan aholiga to‘sqinlik qilingani aytilmoqda”- deb nomlangan videomurojaat yuzasidan Rasmiy munosabat
Joriy yilning 21 yanvar kuni Termiz shahri “Alpomish” mahallasida joylashgan “San’at saroyi”da Surxondaryo viloyat hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tgan.
Qabul soat 14:00 da boshlanib, 9 soat mobaynida davom etgan qabulda 400 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning 100 ga yaqini shu yerning o‘zadayoq ijobiy hal etilgan. Qabulda murojaatchilar soni ko‘pligi tufayli tartibsizlik kelib chiqishining oldini olish, jamoat tartibini saqlash maqsadida Termiz shahar IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari xizmatga jalb etilgan.
Qabul davomida, ichki ishlar hamda Milliy gvardiya xodimlari fuqarolar xavfsizligi hamda jamoat tartibini saqlagan holda qonunda belgilangan tartibda xizmat olib borishgan, fuqarolarga nisbatan hech qanday noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilmagan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati