12 Avgust 2022 yil 430

Surxondaryoda Oqila ayollar harakati faoliyatini davom ettirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil  7 martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab- quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-87-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘liqni saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash yuzasidan bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Ushbu farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova, viloyat IIB JXX HPB Xotin qizlar bilan ishlash bo‘limi hamda viloyatning 50 nafar lider ayollardan iborat "Targ‘ibot guruhi" a’zolari ishtirokida yig‘ilishlar targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirlarda Z.Xidirova mamlakatimiz bo‘ylab, davom etayotgan keng qamrovli siyosiy jarayonlarda xotin-qizlarning o‘rni ayniqsa targ‘ibot guruhining faoliyatini yanada jadallashtirish haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Shundan so‘ng olima va rahbar ayollar tomonidan Oqila ayollar harakatini yanada kengaytirish va faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, viloyat IIB JXX HPB Xotin-qizlar bo‘limidan 2 nafar xodimalar ushbu targ‘ibot guruhiga biriktirilgan bo‘lib, ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, himoya orderi, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning oldini olish borasida fikr mulohazalar bildirilib va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Text to speech