12 Dekabr 2022 yil 364

Surxondaryoda noqulay ob-havo sharoiti aholi xavfsizligiga daxl qilmasligi kerak...

Mamlakatimizda ob-havoning injiq kelishi oqibatida, haroratining keskin sovib ketishi kuzatilayotganligi sababli fuqarolarning yo‘llarda harakatlanishi, aholining gaz, elektr-energiya, yoqilg‘i va boshqa masalalar bilan bog‘liq muammolari yuzaga kelishi aholini bir muncha qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda.

Mazkur muammolarni zudlik bilan bartaraf etish va fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, barcha hududlarda (respublika-viloyat-shahar-tuman) tegishli tashkilot hamda idoralarning mas’ul xodimlari tarkibidan iborat tezkor shtab tashkil qilindi. Surxondaryo viloyatida yuzaga kelgan noqulay ob-havo sharoitida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda betalofat o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Saidkarim Nishanbaev respublikadan mas’ul etib biriktirildi.

Joriy yilning 12 dekabr kuni Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari tomonidan, aholining noroziligini uyg‘otishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha ishchi guruh xodimlari hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasida barcha idora va tashkilotlar tarkibidan tashkil etilgan shtab a’zolari hamda aholining muammolarini tez va sifatli o‘rganish, ijobiy hal etish maqsadida viloyat IIBda tashkil qilingan “1055” qisqa raqamli “Call center” faoliyati bilan yaqindan tanishib ishchi guruhga tegishli yo‘riqnomalar berib o‘tdi.

Shuningdek, ko‘mir zaxiralari bilan tanishish maqsadida Termiz tumani “Yangier” mahallasi hududida joylashgan “Ko‘mir ombori” bilan tanishib aholiga va ijtimoiy soha obe’ktlariga ko‘mir tarqatish jarayonlari, “Yangihayot” mahallasida joylashgan 4-sonli MTT, 3-sektor hududiga qarashli “Orol” mahallasida joylashgan 12-sonli MTTning ham ko‘mir bilan isitadigan isitish tizimlari, ko‘mir zaxirasi va texnik mustaxkamligini ko‘zdan kechirdi.

Bundan tashqari Termiz shahar “Nurli kelajak” mahallasida  joylashgan “Keramika” zavodi hamda Jo‘yjangal mahallasida joylashgan “Surxon KSP” (DVP mahsulotlari ishlab chiqarish sexi) zavodi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida, isitish tizimlarining texnik mustahkamligida aniqlangan kamchilliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Ishchi guruh tomonidan shahar-tuman hududlarida aholining muammolarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Text to speech