Surxondaryoda namunali “Mahalla huquq-tartibot maskani” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Davlatimiz rahbarining 2021 yil
26 martdagi PF-6196-sonli “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi
kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Ichki ishlar organlarining
tayanch punktlari negizida bosqichma-bosqich mahalla huquq-tartibot maskanlarini
tashkil etish belgilangandi. Ushbu jarayon amaliyotga tatbiq etilib, hozirga qadar
ular “Mahalla huquq-tartibot maskan”larining
qabul qilingan Nizomi asosida joylarda samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Endilikda
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-iyundagi 343-son “Mahalla huquq-tartibot maskanlari
faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori hamda “Obod va xavfsiz
mahalla” tamoyili asosida viloyatdagi 724 ta mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish
borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida joriy
yilning 26 yanvar kuni “Yoshlar markazi”da
“Namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi
o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat Ichki ishlar
organlari shaxsiy tarkibi, IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari, Ichki
ishlar idoralarida uzoq yillar samarali ishlab pensiyaga chiqqan nuroniylar, O‘zbekiston
mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari, Oliy ta’lim muassasalari
talabalari, Mahalla va nuroniylar hamda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash
boshqarmalari xodimlari hamda boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ko‘rik tanlovda 11 ta, ya’ni
“Eng faol sektor rahbari”, “Eng faol profilaktika inspektori”, “Eng faol mahalla
fuqarolar yig‘ini raisi”, “Eng faol hokim yordamchisi”, “Eng faol xotin-qizlar masalalari
bo‘yicha inspektor”, “Eng namunali xotin-qizlar faoli”, “Eng faol yoshlar yetakchisi”,
“Eng faol voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor psixolog”, “Eng faol
probatsiya xizmati inspektori”, “Eng faol patrul-post xizmati inspektori”, “Eng
faol yo‘l-patrul xizmati inspektori” nominatsiyalarida g‘olib bo‘lganlar viloyat
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari, pul va boshqa qimmatbaho
sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, ko‘rik tanlovda viloyatdagi
36 ta huquq-tartibot maskanlari ichidan eng namunalisi saralab olindi. Jumladan,
namunali “Mahalla huquq-tartibot maskani” nominatsiyasida Qiziriq tuman IIB 1-sonli
mahalla huquq targ‘ibot maskani profilaktika katta inspektori kapitan Norquvvatov
Oybek Suyunovich 3-o‘ringa, Sho‘rchi tuman IIB 1-sonli mahalla huquq-tartibot maskani
profilaktika katta inspektori kapitan Djumaboev Eldor Saitmurotovich 2-o‘ringa munosib
deb topilib viloyat IIBning pul va qimmatbaho sovg‘alari berildi.
Tadbirning mutloq g‘olibi deb, Sherobod tuman IIB
2-sonli mahalla huquq-tartibot maskani profilaktika katta inspektori mayor Muqumov
Yuldosh Abdullaevich e’tirof etilib, viloyat IIB boshlig‘ining tashakkurnomasi,
pul va boshqa qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdilandi va “Mahalla huquq-tartibot
maskani” ko‘rik-tanlovining mintaqaviy bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanmani
qo‘lga kiritdi.