Surxondaryoda namunali xotin-qizlar bo‘yicha inspektor taqdirlandi
2024 yilning 1-choragi
yakunida Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari xizmat faoliyatini
o‘rganish yakuni bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar
profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori Eshmurodova
Madina Tohir qizi xizmat faoliyati davomida yuqori ko‘rsatkichga erishib, o‘z xizmat
vazifalarini tashkil qilganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘z xizmat vazifalariga
mas’uliyat bilan yondashib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda
samarali mehnat qilib, ijobiy natijalarga erishganligi va tuman IIBda ishlarni namunali
tashkil etganligi uchun leytenant Madina Eshmurodovaning ota-onasi Amanov Tohir
Eshmurodovich va Begimqulova Muattar Qiyamiddinovnalar viloyat IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i mayor A.Xudoyberdiev
tomonidan tashakkurnoma va pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotni viloyat
IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i
Xotin qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik O‘.Eshimova tomonidan
yashash xonadoniga borilib, oila a’zolari davrasida o‘z egalariga tantanali rasishda
topshirildi.