20 Iyul 2022 yil 495

Surxondaryoda, mutaxassis-psixologlar tomonidan voyaga yetmaganlar bilan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgust kunidagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 490-sonli qarori hamda Ichki ishlar vazirining tegishli buyruq talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi mutaxassis-psixologi tomonidan Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar orasidagi ijtimoiy-ruhiy muxit, voyaga yetmaganlarning atrof muhitga va bo‘layotgan voqea hodisalarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash borasida, ular bilan psixodiagnostik ishlar olib borilib, olingan natijalar bo‘yicha voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularga kerakli bo‘lgan muhim tavsiyalar berib o‘tildi.         

Shuningdek, markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlarning ota-onalari chaqirtirilib, ular bilan ham profilaktik suhatlar tashkil etildi.

Oiladagi ijtimoiy ahvol, oila a’zolarning bir-biriga bo‘lgan munosabatlar darajasi o‘rganilib, ota-onalarga farzand tarbiyasidagi ma’suliyati haqida tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Bundan tashqari, ushbu markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan doimiy ravishda psixologik treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.

Bu kabi tadbirlarning voyaga yetmaganlar o‘rtasida muntazam o‘tkazilib borilishi, ularning ongida atrof-muhit va insonlarga bo‘lgan ijobiy qarashlarini shakillantirish, ularni ruhiy qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatdagi o‘z o‘rinlarini topishda ko‘makdosh bo‘lishi nazarda tutiladi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech