29 Avgust 2025 yil 245

Surxondaryoda Mustaqilligimizning 34-yilligi shodiyonasi arafasida ichki ishlar faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lganlar oila a’zolari xolidan xabar olindi.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan mustaqilligimizning 34-yilligi bayrami munosabati bilan, Surxondayo viloyati Ichki ishlar organlari tizimida ham qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Bayram shodiyonasi munosabati bilan viloyat IIB  rahbariyati va mas’ul xodimlari tomonidan, uzoq yillar Ichki ishlar organlari tizimida fidokorona mehnat qilgan,  xalq ishonchiga sazovor bo‘lgan faxriylar, xizmat vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan bir guruh hodimlarning oila a’zolari holidan xabar olindi.

Xonadon sohiblari bilan dildan suhbat qilindi. Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan muborakbod etilib, bayram hadyasi hamda oziq-ovqat mahsulotlari  ulashildi.

Ushbu bayram bahonasida xabar olingan xonadon sohiblarining muammo va takliflari boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Bu kabi ezgu va hayrli ishlar mustaqilligimiz tantanasini yanada mazmunli etib, milliy qadriyatlarimizga sodiqlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Text to speech