30 Avgust 2024 yil
327
Surxondaryoda mustaqilligimizning 33 yilligi shodiyonalari keng tantana qilindi
Termiz shahridagi muhtasham
“San’at saroyi” majmuasining “Alpomish” amfiteatrida vohalik ishlab chiqarish
ilg‘orlari, fermer va tadbirkorlar, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik
vakillari hamda voha mehmonlari ishtirokida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz,
birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan
konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Xalq artisti
Yulduz Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hosila Raximova,
Sayyora Qoziyeva hamda estrada yulduzlari Botir Qodirov, Janob Rasul va
“Bojalar” guruhi, shuningdek, shoir Shodmonqul Salom, vohamizning taniqli,
xushovoz san’atkorlari, madaniyat va san’at xodimlari o‘z chiqishlari bilan
ishtirok etdi.
Davlat va jamoat
tashkilotlari, xorijiy mehmonlar, vohamiz faollari va jamoatchiligi ishtirokida
bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.