4 Sentyabr 2022 yil 380

Surxondaryoda, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Joriy yilning 4 sentabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bo‘linmalari muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazining ikki qavatli yangi binosi qurilib foydalanishga topshirildi.

Mazkur tadbirga Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov va tegishli davlat tashkiloti xodimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Foydalanishga topshirilgan mazkur bino 75 nafar Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun xizmat qiladi. Ushbu bino zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan bo‘lib, Markaz qurilishi uchun 5 milliard 720 million so‘m pul mablag‘lari ajratildi.

Ushbu binoda, advokat xona, oshxona va omborxona, sanitariya ko‘rigidan o‘tkazish va tibbiyot xonasi, xojatxona, yuvinish xonalari, sayr qilish maydonlari tashkil etilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech