Surxondaryoda Markaz tarbiyalanuvchilari mutaxassis psixologlar tomonidan kasb-hunarga yo‘naltirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgust kunidagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy
yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 490-sonli
qarori asosida Surxondaryo viloyati IIB Jamoat
xavfsixligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy
yordam ko‘rsatish markazida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ushbu markaz psixologi
tomonidan Markazga qabul qilingan
va saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan ijtimoiy-ruhiy muhit, voyaga yetmaganning atrof
muxitga va bo‘layotgan voqea hodisalarga bo‘lgan
munosabatlarini aniqlash hamda psixoprofilaktik ishlar olib borildi. Shu jumladan psixodiagnostika
natijalariga ko‘ra psixologik konsultatsiyalar berildi va metodikalar o‘tkazildi,
olingan metodikalarning natijalariga ko‘ra temperamentlari aniqlanishi bilan birga
ularga psixologik portretlar ishlab chiqilib, xulosalar berildi. Markazga qabul
qilingan voyaga yetmaganlarning ota-onalari chaqirtirilib oilasining ijtimoiy ahvoli, oiladagi bir-biriga
bo‘lgan munosabatlarning qanchalik sog‘lom
ekanligi, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi ma’suliyati ularning qadriyatlar
tizimi chuqur o‘rganilib tushuntirish ishlari olib borildi.
Markazga
qabul qilingan har bir voyaga yetmagan bilan alohida-alohida individual suhbatlar
olib borilib, psixotreninglar o‘tkazildi. Ularning kelgusida tuzalish yo‘lini tanlashlari
uchun kasbga yo‘naltirish maqsadida Zef tekstil va Barqaror hayot halqaro ijtimoiy
ma’rifat markaziga olib borilib tikuvchilik qandolatchilik va sartaroshlik kasb-hunarlarining
sir sinoatlari haqida tushuntirishlar berildi.